1

Poliklinikalar endi 24 soat ishlashga o`tadi — Prezident

Siyosat 20.07.2020, 12:29
Poliklinikalar endi 24 soat ishlashga o`tadi — Prezident

Avval xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoev pandemiyaga qarshi kurash ishlarining tanqidiy tahliliga bag`ishlagan yig`ilish o`tkazdi. 

Unda  Toshkent shahridagi 11 ta tuman ko`p tarmoqli markaziy va 64 ta oilaviy polikinikada har birida 50 dan 200 nafargacha tibbiyot xodimi mavjud bo`lsa-da, ularning aksariyati kunning faqat birinchi yarmida bemorlarni qabul qilishi haqida so`z yuritildi.

Har bir poliklinikada COVID-19 infeksiyasining engil yoki simptomsiz kechayotgan bemorlarga konsultativ yordam ko`rsatish uchun shakllantirilgan 3 ta shifokordan iborat maxsus mobil brigada biriktirilgan bo`lishi kerak, ammo ayrim brigadalarda umuman vrach yo`q.

Deyarli barcha poliklinikalarda rentgen-diagnostika kabinetlari mavjud, lekin ularning imkoniyatlaridan umuman foydalanilmayapti.

Agar ushbu poliklinikalar aholini samarali patronaj xizmatini amalga oshirsa, tabiiyki, 103 raqamli tez tibbiy yordamga bosim qisqaradi va aholi orasida sarosima yuzaga kelishining oldi olinadi.

Bosh vazir o`rinbosari Behzod Musaev va Sog`liqni saqlash vazirligiga poytaxtdagi 75 ta polikinikaning imkoniyatlarini, ushbu muassasalarda faoliyat olib borayotgan 3 mingdan ortiq shifokor va hamshirani infeksiyaning engil va simptomsiz kechayotgan bemorlarga xizmat ko`rsatishga 24 soatlik uzluksiz rejimda to`liq safarbar qilish topshirig`i berildi.

Shuningdek ushbu faoliyatga jalb qilinayotgan shifokor va hamshiralar mehnatini rag`batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1