Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Kovrak mojarosi..." sarlavhali videolavhada Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida sodir bo`lgani janjalning sababi kovrak ekiladigan er fuqarolardan tortib olinishi bilan bog`liq ekanligi aytilgan edi.
Video:
Janjalning asl sababi nima? Janjalning asl sababi nima?
Viloyat ichki ishlar boshqarmasining ma`lum qilishicha, Dehqonobod tumani , "Torqopchug`ay" MFYga qarashli bo`lgan Bo`ztepa va Oqdaxna qishloqlari qo`shni Turkmaniston bilan chegaradosh hudud bo`lib, qishloqliklarning asosiy tirikchiligi chorvachilik va tabiiy o`suvchi sassiq (Ko`xiston tojik) kovragi shira smolasini yig`ib terish va terilgan mahsulotlarni chetrga eksport qiluvchi firma va xususiy korxonalarga sotish ishlari bilan kun kechirishdan iborat.
“Torqopchug`ay” MFY hududida joylashgan “Sebatli” “Go`ngqo`ton” va “Jing`ilo`yiq” massivlarining er maydonlarini Dehqonobod Davlat O`rmon xo`jaligi Dehqonobod tuman hokimligi zaxira er maydoniga qaytarish to`g`risidagi iltimosnomasiga asosan tuman hokimligi tomonidan zaxiraga qaytarilgan.
Ushbu er maydonlarini tumanda faoliyat ko`rsatuvchi tabiiy o`suvchi sassiq (Ko`xiston tojik) kovrak shira smolasini yig`ib terish va terilgan maxsulotlarni chet davlatlarga eksport qiluvchi firma va korxonalardan bo`lgan “Iso-Muxammad-Nur” firma rahbari E.N, Nargiz-Sarvar firma rahbari R.O, “Pinnakle Worldwide Exim” firma rahbari A.N, “BIG BIO IMPEX” MChJ firma rahbari S.Q, va “FERULA IMPEXS” SP MChJ firma rahbari A.A.larga erdan unumli foydalanishlari va (Ko`xiston tojik) kovrak o`simligi plantasiyasi etishtirilgan kovrakli er maydonlaridan uzoq muddatli shartnoma asosida tuman hokimligi tomonidan qaror asosida erlar ajratilgan.
Shunday bo`lsada Dehqonobod Davlat O`rmon xo`jaligi tomonidan Bo`ztepa va Oqdaxna qishloq fuqarolariga hozirgi kunda tuman zaxirasiga qaytarilib yuqorida ko`rsatilgan firma va korxonalarga shartnoma asosida ajratilgan tabiiy o`suvchi sassiq (Ko`xiston) kovrak o`simligi mavjud er maydonlarining har 1-gektar er maydonini 422.000 (to`rt yuz yigirma ikki ming) so`mdan shartnoma asosida sotishib shuningdek Dehqonobod tuman Davlat er-mulk kadastri va Dehqonobod Davlat O`rmon xo`jaligi mutaxassislarinig er maydonlarini o`zboshimchalik bilan ustma-ust chizishlari natijasida qishloq fuqarolari va ushbu firma korxona rahbarlarning noroziligiga shuningdek COVID-19 pandemiyasi sharoitida fuqarolarning belgilanmagan sharoitlarda karantin qoidalariga amal qilmasliklariga sabab bo`lmoqda.
Fuqarolar va firmalar o`rtasida o`zaro kelishmovchiliklarga sababchi bo`layotgan fuqarolar B.I, Yu.B, Q.I, S.B, I.O, Ch.Yu, S.O, E.Llarga tuman IIB tezkor xodimlari va profilaktika inspektori xodimlari tomonidan ushbu fuqarolarga kelgusida noqonuniy hatti harakatlar sodir etmasligi, karantin qoidalariga to`liq masofa saqlagan xolda rioya qilishliklari yuzasidan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi",deyiladi rasmiy munosabatda.






