Malayziyada tibbiyot qo`lqoplarini ishlab chiqaruvchi uchta korxonaning kapitali 2020 yilda koronavirus epidemiyasi boshlanganidan beri jami 26 milliard dollargacha o`sgan, deb zmoqda Bloomberg manbasiga tayanib Daryo.
Kompaniya aksiyalarining narxi COVID-19 epidemiyasi davrida bozorda qo`lqoplarga bo`lgan talabning oshishi natijasida ko`tarilib bormoqda.
Supermax Corp qimmatli qog`ozlarining narxi 2020 yilda yillik ko`rsatkich bo`yicha 1000 foizga, Top Glove Corp aksiyalari narxi 389 foizga o`sgan. Kossan Rubber aksiyalari narxi 230 foizga ko`tarilgan. Bloomberg’ning qayd etishicha, bu Malayziya bozori uchun aql bovar qilmas darajadagi ko`tarilish.
Bu haqda agentlikka Northcape Capital Ltd boshqaruvchisi Ross Kemeron ma`lum qilgan, uning aytishicha qo`lqop ishlab chiqaruvchilari 2020 yil yakunlari bo`yicha hisobotda 100 foizdan ko`proq daromad ko`rgan korxonalar sifatida qayd etiladi.






