AsosiySalomatlik

Natijasi yarim soatda tayyor bo`ladigan bir tomchi qon testi koronavirusni aniqlashda qanchalik ishonchli?

'Natijasi yarim soatda tayyor bo`ladigan bir tomchi qon testi koronavirusni aniqlashda qanchalik ishonchli?'ning rasmi

Internetda barmoq uchidan olingan bir tomchi qonda «Kovid»ga test o`tqizib, yarim soatda natijasini bilish mumkinligi xaqida videolar bor. Bu qanchalik ishonchli?

Ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi:

 Koronavirusga tashxis qo`yishning 3 usuli bor:  

➖ PZR tahlil usuli.  

➖ Immunoferment tahlil usuli.  

➖ Ekspress test usuli.  

Barmoq uchidan qon olib tekshirish - bu ekspress usul hisoblanib, tahlil javobi 10-15 minutda tayyor bo`ladi. Ekspres usulning afzalliklaridan biri bu  qisqa vaqt ichida qonda antitanachalar bor yoki yo`qligini (immunitet) aniqlash imkonini berib, aksariyat hollarda aholining mazkur kasallik bilan kasallanib o`tganligini bilish maqsadida qilinadi.  

Ekspress usul orqali  M-immunoglobulinlar aniqlanishi kasallikni yaqinda o`tkazganligi, G-immunoglobulini aniqlanishi kasallanib o`tganligiga ancha bo`lganligini ko`rsatadi.

Respublikamizda ham  tashxislashning IFA va ekspress usullaridan foydalanishga ruxsat berilgan.

    Boshqa yangiliklar