Shifokorlar COVID-19 infeksiyasida isitma 3-4 kun 38-39 darajagacha ko`tariladi, isitmani tushirish kerakmas, organizm virus bilan kurashishi kerak deyishadi, isitmani qanday nazorat qilish kerak?
Ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi:
" - Sog`lom organizm O`RVI, gripp, koronavirus kabi kasalliklarda o`z munosabatini (javobini) isitma orqali namoyon qiladi. Bu paytda organizmning mavjud immun tizimi faollasha boradi.
Albatta tana haroratining ko`tarilishiga befarq bo`lishimiz kerak emas va biz aynan tana haroratining ko`tarilishiga nima sabab bo`lgani aniqlash uchun tibbiyot xodimlariga murojaat qilishimiz kerak.
Har qanday holatda ham tana haroratining ko`tarilishiga xavfsiz arzimas holat sifatida qarashimiz aslo to`g`ri emas. Ayniqsa kovid infeksiyasi avj olib turgan hozirgi paytda bu kabi belgilar paydo bo`lishiga e`tiborli bo`lishimiz kerak."






