1

Chortoqlik ikki o`quvchi Ispaniyada o`tkazilgan onlayn musiqiy tanlovda g`olib chiqdi

Madaniyat 21.07.2020, 18:24
Chortoqlik ikki o`quvchi Ispaniyada o`tkazilgan onlayn musiqiy tanlovda  g`olib chiqdi

Chortoqlik ikki nafar o`quvchi qiz Ispaniyada o`tkazilgan onlayn tanlovda pianino yo`nalishida xalqaro toifadagi g`oliblik diplomi bilan taqdirlandi. Bu haqda Chortoq tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Chortoq tumanidagi 14-sonli musiqa va san`at maktabi tarbiyalanuvchilari – Dilnoza Davlatalieva 9-maktabning 5-sinfini, Dilrabo Abdulhamidova 47-maktabning 4-sinfini tamomladi. San`atga mehri baland bo`lgan bu iqtidorli qizlar dunyoning 100 dan ortiq  davlati o`rtasida “World Art Games” shiori ostida o`tkazilgan xalqaro tanlovda 10-12 yosh toifasida pianino yo`nalishida faxrli 2-o`rinni qo`lga kiritib, xalqaro toifadagi diplom bilan taqdirlandilar.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1