AsosiyDunyo

JSST eksperti: "Uchinchi to`lqin yuzаga kelganda dunyodagi odamlarning 80 foizi koronavirusga qarshi immunitetga ega bo`ladi"

'JSST eksperti: "Uchinchi to`lqin yuzаga kelganda dunyodagi odamlarning 80 foizi koronavirusga qarshi immunitetga ega bo`ladi"'ning rasmi

Bu haqda JSSTning sobiq eksperti, ilgari SARS  o`tkir respirator sindromi bo`yicha tadqiqotlarni olib borgan Klaus Shtor Britaniyaning Bloomberg gazetasiga bergan intervyusida ma`lum qildi.

Bloomberg: Vaksinaning potensial foydalanilishidan oldin pandemiya rivojlanishini qanday tasavvur qilasiz?

K.Shtor: Ushbu virusning epidemiologik xatti-harakati boshqa nafas olish kasalliklaridan unchalik farq qilmaydi. U qishda qaytib keladi.  Yana bir to`lqin bo`ladi va u juda jiddiy yuz beradi. Agar biz qat`iy choralar ko`rmasak, virus jiddiy avj olishi mumkin. Qish yaqinlashganida yuqtirish hollari soni ko`payadi va shu bilan bog`liq muammolar paydo bo`ladi, chunki hozir ko`pchilik qo`yilgan cheklovlarga rioya qilmayapti.

Bloomberg: Sizningcha, virusga qarshi vaksina  qachon paydo bo`lishi mumkin?

K.Shtor: Kelgusi yilning boshiga kelib Germaniya kabi mamlakatlarda sezilarli miqdordagi vaksina qo`llanilishi va keksa odamlar uchun emlanish to`rt, besh, olti oyni tashkil qilishi mumkin. Braziliya, Argentina yoki Chili kabi mamlakatlarda esa odamlar vaksinaning birinchi dozasini olish imkoniyatiga ega bo`lmaydi.

Dunyo ikki guruhga bo`linadi: vaksina oladiganlar va emlanmaydiganlar.

Bloomberg: Koronavirus immuniteti haqida nima deyish mumkin?

K.Shtor: Menimcha, kelgusi yilning o`rtalariga kelib dunyoning katta qismida antitanachalar shakllangan bo`ladi. Vaqt o`tishi bilan ularning soni asta-sekin o`sib boradi. Keyin uchinchi to`lqin yuzaga keladi va u tugashi bilan, men, dunyodagi odamlarning 80 foizi koronavirusga qarshi immunitetga ega bo`ladi, deb o`ylayman.

Biz juda og`ir ahvolga tushib qoldik. Vaksinani ishlab chiqish uchun o`zimiz ega bo`lgan barcha resurslarni sarflashimiz kerak. Boshqa tomondan, men, sayyoramizdagi ko`pchilik odamlarda emlanish imkoniyati bo`lmaydi, deb ishonaman. Shunday qilib, bu yil oxirida yoki kelgusi yilning boshida yarim milliard doza vaksina mavjud bo`lishi mumkin, ammo dunyoda 7,5 milliard odam bor.

Bloomberg: Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti har bir kishi emlash imkoniyatiga ega bo`lishi kerak deb hisoblaydi?

K. Shtor: Dunyo aholisining aksariyati emlanmaydi. Virus tarqalishda davom etadi va bu ikki yilgacha cho`zilishi mumkin. Bu pandemiyani tugatadigan vaksina emas. Yong`in (virus) sayyoradagi eng so`nggi odamga yuqtirmaguncha o`chmaydi.

    Boshqa yangiliklar