1

Namanganda Chust do`ppisi va pichoqlariga oid xalqaro muzey tashkil etiladi

Madaniyat 21.07.2020, 20:41
Namanganda Chust do`ppisi va pichoqlariga oid xalqaro muzey tashkil etiladi

Chust do`ppido`zlik madaniyati va pichoqchilik san`atini keng targ`ib qilish maqsadida “Chust do`ppisi” va “Chust pichoqlari”  xalqaro muzeylari tashkil qilinadi. Bu haqda namanganlik jurnalist Azizbek Abduvaliev xabar berdi.

Hozirda ushbu muzeylar hamda “Chust oshi” markazini tashkil qilish bo`yicha konsepsiya ishlab chiqilmoqda. Tuman markazidan muhandislik-kommunikasiya tarmoqlari bilan ta`minlangan hududdan er uchastkasini ajratish masalasi hal etilmoqda. Respublikada ilk innovasion turizm maskanlaridan biri bo`lishi kutilayotgan ushbu majmuani barpo etishga imtiyozli kredit ajratiladi.  

Muzeylarni turli pavilonlarga ajratgan holda xorij mamlakatlarining bosh kiyimlari, O`zbekiston hududlaridagi turli bosh kiyimlar va pichoqlar, markaziy pavilonda Chust do`ppisining va pichoqlarining tarixi, tayyorlash jarayoni namoyish etiladi hamda hunarmandchilik mahsulotlari savdosi yo`lga qo`yiladi.

Shuningdek, sayyohlarni tumandagi do`ppido`zlar va pichoqchi ustalar mahallalari, “Mavlono Lutfiy” bog`i, “Bibi ona” va boshqa ziyoratgohlar, “Teshiktosh” manzili va kuzatuv maydoniga ega qoyatoshlarga sayohatlarini uyushtirish choralari ko`riladi.

Chust tumanidagi do`ppido`zlik maktabi va pichoq yasash san`atini YuNESKOning nomoddiy madaniy meros ob`ektlari ro`yxatiga kiritish yuzasidan ham amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1