Ukrainaning Volinsk viloyatiga qarashli Lusk shahrida qurollangan kishi ichida 20 nafar yo`lovchisi bo`lgan avtobusni yo`lovchilari bilan garovga oldi. Mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy vaziyatni shaxsan o`z nazoratiga oldi va ukrain polisiyasi jinoiy ish ochdi. RBK nashri ushbu hodisaga oid fotojamlanma tayyorladi. Quyida shuni e`tiboringizga havola etamiz.

21 iyul kuni ertalab noma`lum erkak Volinsk viloyati Lusk shahridagi yo`lovchi tashuvchi avtobusni garovga oldi.
Erkakning o`zi polisiyaga qo`ng`iroq qilib avtobusni garovga olganini xabar qildi.

Shaharda "Garovga olingan" operativ rejasi e`lon qilindi, shahar markazi yopildi.

Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, garovga olgan shaxsda portlovchi modda va qurol bor.

Polisiya erkak bilan muzokaralar o`tkazishga kirishdi.

Jinoyatchining muddaosi noma`lum. Volinsk viloyati politsiya boshlig`i so`zlariga ko`ra, u avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda "Ukrainadagi tizimdan" noroziligi haqida yozgan.

Avtobusdagi garovga oluvchilar va garovdagilarning aniq soni noma`lum.

Polisiya Ukraina Jinoyat kodeksining 147 moddasi 2 qismi (garovga olish) moddasi bilan jinoiy ish qo`zg`atgan.






