1

Navoiyda “Krokodil” iste`molchilari aniqlandi

Jinoyat 22.07.2020, 15:37
Navoiyda “Krokodil” iste`molchilari aniqlandi

Navoiyda 2020 yiling 01 iyul kuni IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir jarayonida 46 yoshli K.X., ning Navoiy shahar G`alaba ko`chasida joylashgan xonadoni tegishli tartibda ko`zdan kechirilgan. Shunda, K.X., o`z xonadonida tanishlari F.K. va E.R., lar bilan birga “Dizomorfin” (krokodil) psixotrop moddasini tayyorlab iste`mol qilganliklari aniqlandi.  Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi. 

 Xonadondan prosessual tartibda “Kodeks” va “Dimedrol” dorilarining bo`sh konvalyutalari, paxta bo`laklari hamda yod moddasining bo`sh idishlari tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko`ra, K.X. va F.K., larning badanida “opiy” alkaloidlari aniqlangan.

Holat yuzasidan Navoiy shahri bo`yicha IIO FMB 1-sonli IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 4-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni iste`mol qilish uchun bangixonalar tashkil qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1