1

“Rangsiz tushlar” filmi yana bir xalqaro kino festivaldan taklif oldi

Madaniyat 22.07.2020, 16:49
“Rangsiz tushlar” filmi yana bir xalqaro kino festivaldan taklif oldi

“O`zbekkino” milliy agentligi buyurmasiga binoat Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan “Rangsiz tushlar” filmi Italiyaning “Lucania” kino festivalida ishtirok etish uchun taklif oldi.  

18 yildan buyon o`tkazilayotgan “Lucania Film Festival” butun dunyodan rejisserlarning mualliflik filmlarini namoyish etadigan nufuzli xalqaro kino festival. Festivalning bu yilgi mavsumi 7-9 avgust kunlari Italiyada bo`lib o`tadi.  Ayub Shahobiddinovning “Rangsiz tushlar” dramasi “Qozon musulmon kinofilmlari” xalqaro festivali va Erevanning "Fresco" ma`naviy-axloqiy filmlar xalqaro kinofestivallaridan ham taklif olgan edi. Kinoasarda jazo muddatini o`tab kelgan shahslarga nisbatan jamiyatda noo`rin munosabatning shakllanishi, "odamlar nima deydi" kabi qarashlar ortidan paydo bo`ladigan chuqur ijtimoiy muammolar ko`tarilgan. Filmda bosh qahramon rolini Feruza Saidova ijro etgan. Shuningdek, kinoasarda Karim Mirhodiev, Shohida Ismoilova, Bekzod Abdumuhitov va Anvar Nazarovlar suratga tushgan. Ssenariy muallifi Umid Hamdamov, operator - Azizbek Arziqulov.

Filmning yopiq namoyishi “O`zbekkino” milliy agentligi Media klubida o`tgan oy o`tkazilgan va jurnalistlar, blogerlar hamda jamoatchilik faollari tomonidan iliq kutib olingan edi.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1