AsosiyJAMIYAT

Toshkentda janjallashib to`polon ko`targan yoshlarning 7 nafari qo`lga olindi

Toshkent shahar IIBB xabar berishicha kecha, 21 iyul kuni soat 14.30 da 102 raqamiga Chilo...

'Toshkentda janjallashib to`polon ko`targan yoshlarning 7 nafari qo`lga olindi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB xabar berishicha kecha, 21 iyul kuni soat 14.30 da 102 raqamiga Chilonzor tumanining 3-kvartalida yashovchi aholidan kelib tushgan xabarga ko`ra, Cho`ponota ko`chasida ilgari AQShning O`zbekistondagi Elchixonasi joylashgan binoning yaqinida o`ndan ortiq yoshlar janjallashayotgani aniqlangan.

Hodisa joyiga Toshkent shahar IIBB PPX Brigadasi 4-bataloni xodimlari etib kelishdi. Patrul avtomobilini ko`rgan yoshlarning bir nechtasi qochib ketishdi, etti nafari esa qo`lga olinib, eng yaqin ichki ishlar bo`limiga olib kelindi. 

Qo`lga olinganlardan biri – muqaddam sudlangan 28 yoshli E.Sh. tekshirilganda uning avtomobilining salonidan uchta pichoq, barsetkasidan esa 3 flakon “Tropikamid”, 1 flakon “Rinoksil”, 6 tabletka “Selofen” topildi.

Hozirda Chilonzor tumani IIO FMB 4-son ichki ishlar bo`limi tomonidan tekshiruv o`tkazilmoqda. Tekshiruv davomida hodisaning boshqa ishtirokchilarining shaxslari aniqlanib, so`ng barcha ishtirokchilarning hatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.

    Boshqa yangiliklar