Hazorasp tuman hokimligi qurilish bo`limi etakchi mutaxassisi qo`lga tushdi

Jinoyat 23.07.2020, 14:15
Hazorasp tuman hokimligi qurilish bo`limi etakchi mutaxassisi qo`lga tushdi

Hazorasp tumanida 8 000 AQSh dollari evaziga er ajratib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Darakchiga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Keltirilishicha, Hazorasp tuman hokimligi qurilish bo`limi etakchi mutaxassisi J.N. fuqaro O.B.ga Tuproq qal`a tumani, “Obod” mahallasi hududidan tuman hokimligi zaxirasidagi bo`sh er maydonidan 1 200 kv.metr er uchastkasini Hazorasp tuman hokimligi hamda tuman er tuzish va davlat kadastri bo`limida ishlovchi tanishlari orqali ajratib berishi evaziga 8 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan bo`lim etakchi mutaxassisi J.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1