Ushbu xabarni Turkmaniston tashqi ishlar vazirligi chorshanba kuni tarqatgan.
«2020 yil yigirma ikkinchi iyulda Jahon savdo tashkilotining Jenevadagi bosh qarorgohida Yuqori kengashning navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi. Unda Turkmanistonning tashkilotga kuzatuvchi maqomida qo`shilishi bo`yicha arizasi ko`rib chiqildi», - deyiladi Turkmaniston tashqi siyosat mahkamasi saytida e`lon qilingan xabarda.
Majlisda Ashxabod tomonidan Turkmanistonning BMTdagi doimiy vakili Atageldi Xoljonov, hamda onlayn rejimda Turkmaniston tashqi ishlar vazirligi, savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar, moliya va iqtisodiyot vazirliklari vakillari ishtirok etdi.
"JST Oliy kengashida ishtirokchi davlatlar muhokamasidan keyin Turkmanistonga bir ovozdan kuzatuvchi maqomini berishga qaror qilindi», deyiladi xabarda.
Hozirda JSTga 164 mamlakat a`zo hisoblanadi. 24 ta mamlakat tashkilot faoliyatida kuzatuvchi maqomida ishtirok etmoqda, Turkmaniston yigirma beshinchi kuzatuvchi mamlakat bo`ldi.






