O`zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi 2019 yilgacha O`zbekistonda internet tezligini hozirgidan 20 martaga oshishini ta`kidlamoqda.
Mazkur jarayon O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yilda tasdiqlangan 2015-2019 yillarda axborot-kommunikasiya texnologiyalarining manzilli rivojlantirish dasturiga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Dastur o`zida umumiy summasi 883,7 mln dollardan iborat 9 ta yirik investisiya loyihalarini jamlagan, ular orasida quyidagi loyihalar mavjud:
- mobil aloqa tarmoqlarini, xususan, HSPA+, 4G LTE texnologiyalarini rivojlantirish;
- qayd etilgan va simsiz keng polosali ulanish tarmoqlarini kengaytirish;
- ma`lumotlar uzatish magistral va multiservis tarmoqlarini kengaytirish, optik-tolali aloqa liniyalarini qurish;
- multimedia xizmatlarining yangi turlarini joriy etish va kontentni rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish.
Mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida quyidagilar ko`zda tutilgan:
- qayd etilgan keng polosali ulanish portlari sonini 2,2 marta oshirish;
- ma`lumotlar uzatish tezligini 20 martaga oshirish;
- 20dan ortiq yangi xizmat turlarini joriy etish, jumladan, IP-televideniya, IP-telefoniya va boshqa xizmatlarni yanada rivojlantirish.