AsosiyShou-biznes

Anjelina Joli: "Farzandlarim xatolarimni takrorlashini istamayman"

Aktrisa Anjelina Joli “Lojuvard sohil”filmi promo kampaniyasi doirasida jurnalistlarga  oilaviy hayoti, salomatligi va farzandlari haqida intervyu berdi. Bu haqda “1news.az” xabar bermoqda.

Iyun oyida aktrisa og`ir jarrohlik amaliyotini boshidan kechirgan edi.  Uning aytishicha, aktrisa hozirda hayotida yangi davr boshlanganini his etmoqda va kichik oilaviy xursandchiliklardan ham baxt hissini tuymoqda.

 

-Ba`zan shunchaki uyda qolib, uy ishlarini bajargim keladi. Buning sababi, hozirda o`zimni ancha ulg`ayganimni his etmoqdaman. Bu hayotimdagi butunlay boshqa davr boshlanganini anglatadi.  U chinakam va oddiy oilaviy hayot haqida”, — deydi aktrisa.

Anjelina Joli va uning turmush o`rtog`i Bred Pitt farzandlari bilan sayohatga chiqishni xush ko`radi. Yulduzlar  safarlarda imkon qadar farzandlariga qulay sharoit yaratib berishga harakat qiladi.  Ayni paytda aktrisa farzandlari bilan “Kamboja qizining xotiralari” filmini suratga olish uchun Kambojaga jo`nab ketgan.  Kartinani suratga olish ishlarida aktrisaga uning katta o`g`li Meddoks(Bolakay asli kambojalik. Aktrisa uni 2002 yilda asrab olgan) yordam bermoqda. Joli o`zining tig`iz ish rejasiga qaramay, farzandlariga imkon qadar ko`proq vaqt ajratishga harakat qiladi.

“Umid qilamanki, farzandlarim mening xatolarimni takrorlamaydi. Men yoshlikdagi beboshliklarimga qaramay onam bilan yaqin munosabatni saqlab qolganman. Farzandlarim ham men bilan shunday yaqin bo`lishini istardim”, — dedi aktrisa

    Boshqa yangiliklar