AsosiySalomatlik

Qanday holatlarda koronovirus infeksiyasi zotiljam (pnevmoniya)ni keltirib chiqaradi?

'Qanday holatlarda koronovirus infeksiyasi zotiljam (pnevmoniya)ni keltirib chiqaradi?'ning rasmi

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Odilova javob berdi:

" - Koronavirus infeksiyasi ta`sirida inson organizmida kasalliklar rivojlanishi mexanizmi bo`yicha shifokorlar va olimlarda turli xil fikr va g`oyalar mavjud.  

Xitoy, Janubiy Koreya davlatlari shifokor va olimlari o`z malakalari bilan bo`lishgan maqolalarida, koronovirus keltirib chiqaradigan zotiljam (pnevmoniya)ni rivojlanishida virusning o`rni katta ekanligini bildirishadi. Unda zotiljam virusning kuchli ta`siri ostida paydo bo`lishi va tez rivojlanishib ketishi haqida yoritiladi. Mazkur zotiljam rivojlanishida Ovropa davlatlari olimlari, uning jadal kechishida sitokin shtormning o`rni katta ekanligini bildirishadi, bunday shtorm bemor ahvolini og`irlashtirib nafas etishmovchiligini kuchaytirishi to`g`risida yoritilgan maqolalar mavjud.  

 Ba`zi holatlarda esa, koronavirus engilroq kechib turib, inson organizmi immun tizimi pasayishi oqibatida virus davri tugaganiga qaramay zotiljam rivojlanganligi, uning rivojlanishida ikkilamchi infeksiya, ya`ni bakteriyalar o`rni borligini ham yoritishgan. Bunday, holatlarni o`z vaqtida murojaat etilmagan hamda o`z vaqtida to`g`ri davo choralari olib borilmagan bemorlardagi koronavirusning asorati sifatida keltirilgan."

 

    Boshqa yangiliklar