Chet elliklar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar uchun Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tarzda olish to`g`risidagi federal qonun kuchga kirdi. Yangi tartibga ko`ra, fuqaro o`zining mavjud fuqaroligidan voz kechish to`g`risidagi talab bekor qilindi va Rossiyada bo`lish muddati qisqartirildi.Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi yozmoqda.
Endilikda Sobiq Ittifoq davlatlarining fuqaroligi bo`lmagan shaxslari uchun Rossiyada uch yil yashash va qonuniy daromad manbai mavjudligini tasdiqlash shart emas. Bu talab ota-onasidan biri Rossiya fuqarosi bo`lgan farzandlar yoki Rossiya fuqarosi bilan oila qurgan ayol va erkak uchun ham amal qiladi.
Ukraina, Belorus, Qozog`iston va Moldova fuqarolarining Rossiya pasportini olishi uchun vaqtincha yashash guvohnomasiga ega bo`lishi etarli.
Shuningdek, Rossiya oliy o`quv yurtlari bitiruvchilari uchun fuqarolik olish bo`yicha mamlakat hududida ishlash talabi uch yildan bir yilga qisqartirildi.






