1

Germaniya Suriyadagi urushga qo`shilmoqda

Dunyo 01.12.2015, 21:19
Germaniya Suriyadagi urushga qo`shilmoqda

Germaniya hukumati Suriyadagi g`arbiy koalisiyani qo`llab-quvvatlashga hamda “Islom davlati” bilan kurashga bundesver missiyasini yuborishga qaror qildi.

Der Spiegel jurnali ma`lumotlariga ko`ra, Suriyaga 1200 askar, bir nechta razvedkachi «Tornado» samolyotlari hamda fregat yuboriladi. Mazkur kurash uchun Germaniya chamasi 134 million evro sarflamoqchi. Hozircha GFRning harbiy missiyasi bir yil bilan chegaralanadi, ammo ushbu muddatni uzaytirishlari ham mumkin.

Rejalarni amalga oshirish uchun Merkel hukumatiga parlament roziligi kerak bo`ladi. Bundestag ushbu masalani juma kuni muhokama qiladi va ovozga qo`yadi.

GFR mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayen Rossiya bilan o`z rejalarini bo`lishmasligini ma`lum qildi.

- Biz olgan surat va ma`lumotlar bizning koalisiyada qoladi. Shuningdek, Berlin Bashar Asadning jangarilari bilan ham hamkorlik qilishdan bosh tortmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1