1

Andijonda ichki ishlar xodimlari katta bezorilikni oldini olishdi

Jinoyat 26.07.2020, 13:37
Andijonda ichki ishlar xodimlari katta bezorilikni oldini olishdi

Andijonda 2020 yilning 22 iyul kuni soat 17:00 da Xonobod shahar Kampirrovot MFYda yashovchi 36 yoshli O.M., farzandi 16 yoshli voyaga etmagan A.N., bilan bir nechta tengdoshlari urishmoqchi ekanligini eshitib qoladi. Va 16 yoshli M.A., O.A., K.A., X.N., E.T. hamda E.P., larni farzandi A.N., bilan birga-bir urishtirish uchun dalaga olib boradi.  M.A. va O.A., lar bilan o`g`lini birga-bir urushtiradi. 

 IIV huzuridagi Tergov departamentining ma`lumotiga ko`ra, janjal vaqtida M.A., ning tanishlari janjalga aralashganligi uchun O.M., farzandining tengdoshlari bo`lgan M.A., O.A. va X.N.,larni urib tan jarohati etkazgan.

Shundan so`ng, M.A. va O.A., lar ota-o`g`il bilan urushni davom ettirish maqsadida o`zlarining 14 nafar tarafdorlarini chaqirishib, O.M. va uning farzandi A.N., larni urmoqchi bo`lishib, Xonobod shahar Kampirrovot MFYda to`planishgan vaqtida, bundan Xonobod shahar IIB xodimlari xabar topib, hodisa joyiga etib borishgan hamda ushbu shaxslarga qonuniy chora ko`rish maqsadida IIB binosiga olib kelishgan.

Mazkur holat yuzasidan Xonobod shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, M.A. va O.A. hamda ularning 14 nafar tarafdorlariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy Javobgarlik to`g`risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1