AsosiyJinoyat

Jizzaxda tuman moliya bo`limi huquqshunos maslahatchisi 30 mln so`m pora olayotganda ushlandi

'Jizzaxda tuman moliya bo`limi huquqshunos maslahatchisi 30 mln so`m pora olayotganda ushlandi'ning rasmi

Zafarobod tuman hokimligi moliya bo`limi bosh huquqshunos-maslahatchisi Z.Ya., fuqaro R.Q.ning jiyanini institutlarning biriga o`zining tanishlari orqali o`qishga kiritib qo`yish evaziga 41 mln so`m talab qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda,  bosh huquqshunos-maslahatchisi Z.Ya. 30 mln so`mini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan huquqshunosmaslahatchisi Z.Ya.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar