AsosiyJAMIYAT

"Biz bunga majburmiz!" Bosh vazir o`rinbosari karantin uzaytirilgani uchun aholidan uzr so`radi (video)

O`zbekiston bosh vaziri o`rinbosari Behzod Musaev "O`zbekiston24" telekanali orqali karant...

'"Biz bunga majburmiz!" Bosh vazir o`rinbosari karantin uzaytirilgani uchun aholidan uzr so`radi (video)'ning rasmi

O`zbekiston bosh vaziri o`rinbosari Behzod Musaev "O`zbekiston24" telekanali orqali karantin cheklovlari va koronavirus pandemiyasi yuzasidan intervyu berdi. Unda hukumat mulozimi, avvalo, karantin cheklovlari yana uzaytirlgani uchun xalqdan uzr so`radi:

"Biz endi kovid bilan ichiga kirib, yaqindan tanishishni boshladik. Chunki dastlab bu infeksiya engil ko`rinishda tarqalib, bizni chalg`itdi, endi esa og`ir ko`rinishda tarqalayotganiga guvoh bo`lyapmiz. 80 foizdan ortiq aholi uyida davolanmoqda. Ayni paytda yurtimizda tibbiyot muassasalarining kuchi va joyi kasallarni qabul qilishga va davolashga etmay qoldi. 

Avvalo, men karantin choralarini majburan joriy etayotganimiz uchun xalqimizdan, ayniqsa bu cheklovlar deb, ishi va faoliyati to`xtab qolgan fuqarolardan uzr so`ramoqchiman. Biz bunga majburmiz. Chunki, birinchi navbatda, aholi salomatligini asrash va ularning hayotini saqlab qolish kerak. Buning uchun nima qilish lozim bo`lsa, qilishimiz shart. Hech kim tomoshabin bo`lib turishi mumkin emas. Har kim harakat qilishi lozim. Hozir davlatning barcha kuchi va resursi davlat rahbari topshirig`i bilan ana shu kasallikka qarshi kurash uchun safarbar qilingan", - dedi Bosh vazir o`rinbosari.

 

    Boshqa yangiliklar