AsosiyJamiyat

Moda haftaligida 70 ga yaqin dizayner o`z kolleksiyasini namoyish qildi

O`zbekistonda moda va dizayn sohasidagi zamonaviy izlanishlar va an`analar rang-barangligini o`zida mujassam etgan yakuniy Gala-fashion tadbirida mamlakatimiz yosh dizaynerlarining modellari namoyish etildi. 

Moda haftaligi mamlakatimiz moda va dizayn sohasini rivojlantirish, milliy an`analarni asrab-avaylash va targ`ib qilish, yosh dizaynerlarni qo`llab-quvvatlash, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim voqea bo`ldi. Tadbirga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazishda 100 ortiq ko`ngilli, modellar, stilist va vizajistlar ishtirok etdi, sahnalashtiruvchi mutaxassislar va ssenaristlar yaqindan yordam berdi. 70 ga yaqin dizayner o`z kolleksiyasini namoyish qildi. 

Moda haftaligi dasturiga kiritilgan turli tanlovlar, mahorat saboqlari, mualliflik namoyishlarida 730 dan ziyod buyumlar taqdim etilgan. Bu mamlakatimizda o`ziga xos moda sanoati mavjudligi va u muttasil rivojlanib borayotganidan dalolat beradi. 
 

    Boshqa yangiliklar