AsosiyJamiyat

Tungi klubga tashrif buyurgan bolalarning ota-onalari jazoga tortildi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari reyd davomida tungi klublarga tashrif buyuruvchi voyaga etmagan bolalarni aniqlashdi.

Yil boshidan beri Samarqand viloyatida ana shunday farzandi nazoratsiz qolgan 17 nafar ota-onani ma`muriy javobgarlikka tortishdi.

Ota-onalardan tashqari 5 restoran va 7 internet-klubi direktorlariga qarshi ma`muriy ish qo`zg`atildi.

Shuningdek 50 nafar sababsiz dars qoldirgan yoshlar aniqlanib, o`quv muassasalariga qaytarildi, deya xabar beradi Uz24 nashri.

 

    Boshqa yangiliklar