1

Xorijiy ekspert pandemiya davrida aholi o`rtasida ijtimoiy so`rov o`tkazishni taklif qilmoqda

Dunyo 27.07.2020, 22:46
Xorijiy ekspert pandemiya davrida aholi o`rtasida ijtimoiy so`rov o`tkazishni taklif qilmoqda

Ayni kunlarda yurtimizda bo`lib turgan Turkiyalik ekspertlardan biri – Xassetepe universiteti ilmiy Kengashi a`zosi, professor Levent Akin O`zbekistonda olib borilayotgan karantin qoidalari bilan yaqindan tanishar ekan, O`zbekiston 24" telekanali orqali  o`zining mulohazalarini bayon etdi. 

- Ayni kunlarda barcha davlatlar o`z tajribasini boshqalar bilan o`rtoqlashgan holda virusni bartaraf etishga harakat qilmoqda, – deydi L.Akin. – Aslida bu juda to`g`ri yo`l. Davlatlar qanchalik rivojlangan bo`lmasin, pandemiya oldida chorasiz qolmoqda. Shu kunlarda hammani bir maqsad birlashtirmoqda – aholining salomatligini asrash.

E`tibor qilgan bo`lsangiz, davlatlar o`rtasida o`zaro insonparvarlik yordami ko`rsatish faoliyati kengayib bormoqda. Bu juda zarur. Shuni bilish kerakki, bu kasallik butun dunyodan  yo`qolmaguncha biror bir davlat COVID-19 ustidan g`alaba qozona olmaydi. Zero, siz sog` bo`lishingiz uchun qo`shningiz ham sog`lom bo`lishi kerak.

Shuni hisobga olgan holda davlatlar o`zaro tajriba almashishga majbur. Chunki, olis bir o`lkada bo`lsada kasallik mavjud ekan, u hamma uchun xavf solaveradi.

Koronavirusni davolashda shifoxona voqealar rivojining so`nggi nuqtasidir. Ya`ni odamlarni davolaydigan, chorasizlikda chora topadigan joy bu – kasalxonadir. U erga borayotganlarning aksariyati uyda davolab bo`lmaydigan ahvoldagi bemorlar hisoblanadi.

O`zbekistonda ko`rilayotgan karantin choralari ijobiy. Qayd etish kerakki, boshqa davlatlarda karantin choralari bir-biriga o`xshasa ham davolash usullari, aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash bo`yicha har bir davlat o`ziga xos yondashuvga ega. Bir davlatning koronavirusga qarshi qo`llagan chorasi boshqasiga to`g`ri kelmasligi mumkin.

Qo`llanilayotgan karantin choralari nechog`liq samarali ekani xalq orasidan chiqayotgan kasallar miqdori bilan o`lchanadi. Holatga qarab bugun chora ko`rish boshlansa, ikki, uch haftadan keyin samarasi ayon bo`ladi. Agarda bugun kasallikka qarshi kurashda xatoga yo`l qo`ysak, ikki-uch hafta o`tib yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Turkiyada olib borilayotgan ishlarning samaradorligini bilish uchun vaqti-vaqti bilan ijtimoiy so`rovlar o`tkazib turiladi. Unda «Nega niqoblar taqmaysiz?», «Nega bir joyda to`planasiz?» kabi savollar beriladi. Bu juda muhim bo`lib, odamlarning kayfiyatini, ruhiyatini bilishga yordam beradi. Shu bois bu tajribani O`zbekistonda ham qo`llashni taklif qilgan bo`lardim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1