1

“STRAUS HOUSE” ta`sischisi 9 yil ozodlikdan mahrum qilindi

Jinoyat 28.07.2020, 15:56
“STRAUS HOUSE” ta`sischisi 9 yil ozodlikdan mahrum qilindi

Jinoyat ishlari bo`yicha Mirobod tuman sudida “Straus House” MChJning bir guruh mansabdor shaxslariga oid sud jarayoni nihoyasiga etdi va sud hukmi e`lon qilindi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar qildi.

Sud hukmiga ko`ra, “Straus House” MChJ ta`sischisi I.Isroilov Jinoyat kodeksining qator moddalari bilan aybdor deb topilib, unga uzil-kesil o`tash uchun 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.  

Shuningdek, direktor A.Maxmutalievga 7 yil, direktor o`rinbosari D.Qutpiddinovga 8 yil 5 oy 26 kun ozodlikdan mahrum etish va bosh buxgalter O.Saidovga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Aybdorlarga “Straus House” MChJning faoliyati yuzasidan jabrlanuvchilar foydasiga etkazilgan moddiy zararni qoplash majburiyati yuklandi.

Jinoyat ishi yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamentining ATIB “Ipoteka bank” Mehnat filiali hisob-raqamida saqlanayotgan hamda xatlangan Pokiston Islom Respublikasining “Chemikals & Marbels Lahore Pakistan” kompaniyasiga tuyaqush jo`jalarini sotib olish maqsadida shartnomaga asosan ko`chirilgan 1 854 000 000 so`m miqdoridagi pullar tegishli tartibda etkazilgan moddiy zararlarni qoplashga proporsional tartibda qaratilishi belgilandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1