1

Xitoyning beshta hududida koronavirusning yangi o`choqlari aniqlandi

Dunyo 29.07.2020, 07:40
Xitoyning beshta hududida koronavirusning yangi o`choqlari aniqlandi

Xitoy hukumatining ma`lum qilishicha, mamlakatning shimoliy sharqiy hududida joylashgan port shahar Dalianda aniqlangan yangi koronavirus o`chog`idan yana beshta hududga virus tarqaldi va bu yangi cheklovlarning joriy qilinishiga olib keldi. Hozirda hukumat mamlakatda pandemiyaning ikkinchi to`lqini yuzaga kelmasligi uchun harakat qilmoqda.

Xitoy qat`iy karantin va odamlarning ko`chadagi harakatiga qo`yilgan cheklovlar orqali koronavirusni jilovlab olishga erishgandi. Lekin, so`nggi oylarda aniqlanayotgan bir qancha yangi kasallanishlar xavotirlarni yuzaga keltirdi. 28 iyulda esa 68 kishiga COVIDD-19 tashxisi qo`yilgani ma`lum qilindi. Bu Xitoyda aprel oyidan beri qayd etilgan eng yuqori kunlik ko`rsatkichdir.

27 iyul kuni aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 57 tasi Sharqiy Turkiston (Shinjon) viloyatida qayd etilgan. Shuning uchun bu hududda millionlab aholi tekshiruvlardan o`tkazilmoqda va viloyat markazi Urumchi shahri qat`iy karantinga olindi.

Dushanba kuni Liaoning provinsiyasidagi port shahar Dalianda 6 kishining virusni yuqtirib olgani aniqlandi. Bu bilan Daliandagi kasallar soni 44 kishiga etdi. Bu shaharda o`tgan haftada dengiz mahsulotlarini qayta ishlash zavodida koronavirusning yangi o`chog`i topilgandi. Tibbiyot mutaxassislarining so`zlariga ko`ra, Daliandagi virus o`chog`idan mamlakatdagi 5 ta provinsiyada joylashgan 9 ta shaharga kasallik tarqaldi. Bu hududlar orasida uzoq janubda joylashgan Fujian provinsiyasi ham bor.

Shuningdek, poytaxt Pekinda aniqlangan bir nafar bemor ham Daliandan virusni yuqtirib kelgan. Bu Pekinda iyul oyining boshidan beri ilk mahalliy kasallanish holati bo`ldi.

Daliandagi tibbiyot mutaxassislari 26 iyul kuni bu erdagi 6 million kishining barchasini to`rt kun ichida ommaviy tarzda tekshiruvdan o`tkazilishini ma`lum qilishgan. Dushanba kuni Dalianda 1.68 million kishidan namunalar olib bo`lingan.

Xitoyda shu paytgacha umumiy hisobda 83 959 kishida koronavirus aniqlangan. Hozirda mamlakat bo`ylab 391 kishi bu kasallikdan davolanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1