1

Rossiya qaysi davlatlar bilan aviaqatnovlarni tiklamoqchi ekanligi e`lon qilindi

Dunyo 29.07.2020, 12:00
Rossiya qaysi davlatlar bilan aviaqatnovlarni tiklamoqchi ekanligi e`lon qilindi

Koronavirus pandemiyasi tufayli uzoq tanaffusdan so`ng Rossiya qator mamlakatlar bilan aviaqatnovlarni tiklamoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi yozmoqda. 

Rossiya dastlab Buyuk Britaniya (London), Turkiya (1 avgustdan Anqara va Istanbul, 10 avgustdan Antaliya, Bodrum va Dalaman) va Tanzaniya (Zanzibar oroli) mamlakatlari bilan aviaparvozlarni tiklamoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, xalqaro reyslar tiklanishining ikkinchi bosqichida Maldiv orollari va Janubiy Koreyaga ham samolyotlar uchishni boshlashi mumkin.

Shuningdek, turizm sohasi ekspertlari Tunis va BAAga ham aviaqatnovlarning yo`lga qo`yilishini taxmin qilishmoqda.

Xalqaro reyslar dastlab faqat Moskva, Sankt-Peterburg va Rostov-Don shaharlaridan amalga oshiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1