Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 327-umumta`lim maktabida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari bilan jihozlangan innovasion o`quv sinfi ochildi.
Mazkur sinfning tashkil etilishi O`zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasi bilan ikki davlat rahbarlari uchrashuvlari chog`ida erishilgan kelishuvlarga muvofiq ta`lim sohasida olib borilayotgan samarali hamkorlikning mantiqiy davomidir. Bu boradagi loyiha O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi va Koreya Respublikasi Ta`lim vazirligi hamkorligida amalga oshirdi.
O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirining o`rinbosari U.Abruev, 327-maktab direktori D.Abdullaeva, Koreya Respublikasi Ta`lim vazirligining axborot xavfsizligi departamenti bosh direktori Li Kyong Xe va boshqalar loyiha ta`lim tizimiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish, interfaol o`quv usullarini rivojlantirishga qaratilganini ta`kidladi.
Zamonaviy sinf o`qituvchi va o`quvchilar uchun yagona tarmoqqa ulangan planshet kompyuterlar, audio va video jihozlar, maxsus mebel bilan jihozlangan ko`p funksiyali auditoriyadir. Bu erga umumiy qiymati 210 ming dollardan ziyod uskunalar o`rnatilgan.
Mehmonlar innovasion sinf imkoniyatlari namoyish etilgan ochiq darsda ishtirok etdi.





