AsosiyDunyo

“Tolibon” Qurbon hayiti munosabati bilan uch kun o`t ochmaslikka qaror qildi

'“Tolibon” Qurbon hayiti munosabati bilan uch kun o`t ochmaslikka qaror qildi'ning rasmi

Afg`onistondagi “Tolibon” harakati Qurbon hayiti munosabati bilan uch kun davomida o`t ochmaslikka qaror qildi. Mazkur sulh joriy yilning 31 iyul kuni kuchga kiradi va 2 avgustgacha davom etadi. 

“Tolibon” qarori O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan olqishlandi.

"O`zbekiston muqaddas Qurbon hayiti munosabati bilan Afg`onistonda uch kunlik sulh e`lon qilinganini olqishlaydi.

Ushbu muborak kunlarda o`t ochishning to`xtatilishi afg`onlararo tinchlik muzokaralarini boshlash uchun zarur sharoit yaratishiga umid qilamiz.

O`zbekiston barcha afg`on tomonlarini mamlakatning tinch kelajagi yo`lida ushbu ezgu maqsadga erishishda oqillik va konstruktiv yondashuv namoyish etishga chaqiradi.

O`z navbatida, O`zbekiston Afg`oniston xalqi bilan do`stlik va yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, afg`onlararo siyosiy jarayonni har jihatdan qo`llab-quvvatlash hamda tinch va farovon Afg`oniston barpo etishda har tomonlama yordam ko`rsatishda davom etadi", deyiladi TIV xabarida. 

    Boshqa yangiliklar