AsosiyDunyo

Singapur olimlari insonlarda koronavirusga qarshi o`ziga xos immunitetni aniqladi

'Singapur olimlari insonlarda koronavirusga qarshi o`ziga xos immunitetni aniqladi'ning rasmi

Tadqiqotchilar odamlar(oldin koronavirusga chalinmagan)ning 50 foizdan ko`prog`ida COVID-19ga qarshi o`ziga xos T-hujayrali immunitetni aniqladilar. Ushbu hujayralar, antitanachalar singari, infeksiyalangan hujayralarni o`ldirish qobiliyatiga ega bo`lganligi sababli virusli infeksiyalarga qarshi immunitetning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.

Ta`kidlanishicha, koronavirusga chalinish va uning ta`sir qilishi uzoq muddatli T-hujayra xotirasini shakllantirishga olib keladi, bu hozirgi pandemiyani jilovlash va COVID-19ga qarshi vaksinalarni ishlab chiqishga yordam beradi. 17 yil oldin SARS’dan davolangan bemorlar, 2003 yildagi kasallikdan keyin, hali ham T-hujayralari xotirasiga va yangi koronavirusga qarshi immunitetga ega ekanligi ma`lum bo`ldi.

«Bu boshqa koronaviruslar ta`sir qilish natijasida olingan immunitetga bog`liq bo`lishi mumkin», - dedi tadqiqot ishtirokchilaridan biri, professor Antonio Bertoletti.

Olimlar T-hujayralar COVID-19dan himoya qilishi mumkinligini bilish uchun kengroq tadqiqot o`tkazishni rejalashtirmoqda.

    Boshqa yangiliklar