Aholidan kelib tushgan ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Respublika Maxsus komissiyasi a`zosi Feruza Hamroboeva tomonidan quyidagicha javob qaytarildi:
️Bunday vaziyatlar hukumat topshiriqlari, xususan SSV buyruqlarini (SS ning 16 iyuldagi 188-son buyrug`i) bajarmaslikning yaqqol ko`rinishi.
Vaholangki, agar bemor haqiqatdan ham stasionar yordamga muhtoj bo`lsa tez yordam brigadasi uni stasionarga joylashtirishi kerak.
Agar bemor o`pkasini rentgenografiyasida kasallik alomatlari bo`lmasa yoki boshqa tashxis muolajalari qilinib, bemor uy sharoitida davolanishi mumkin degan xulosa qilinsa uyga kaytarilgan bo`lishi mumkin.






