Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lumotiga ko`ra, Toshkent shahar Olmazor tumanida yashagan 57 yoshli Z.I. (erkak)da 9 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u 15 iyul kuniga qadar uy sharoitida davolangan.
15 iyul kuni hansirash, nafas siqishi, oyoq-qo`l sovushi paydo bo`lgandan so`ng Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga olib kelingan, bemorning holati og`irligi inobatga olinib, reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.
Bemorga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Kasallik o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, o`pka arteriyalari tromboemboliyasi asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemorda yurak ishemik kasalligi, stabil zo`riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh hastaliklari bo`lgan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga stabil og`ir bo`lib, mutaxassislar tomonidan o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramay o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, o`pka arteriyalari tromboemboliyasidan vafot etgan.






