AsosiyJamiyat

Uy sharoitida davolanishni boshlagan yana bir poytaxtlik ayol koronavirusning qurboni buldi

'Uy sharoitida davolanishni boshlagan yana bir poytaxtlik ayol koronavirusning qurboni buldi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lumot berishicha, Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashagan 60 yoshli M.A. (ayol)da 15 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan. 22 iyul kuniga qadar bemor uy sharoitida davolangan, klinik belgilar kuchayganligi sababli Ibn Sino nomli 1-sonli klinik shifoxonasiga olib kelingan, holati og`irligi inobatga olingan holda reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Kasallik o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, o`tkir miokard infarkti asoratlari bilan kechgan.

Bundan tashqari, bemorda yurak ishemik kasalligi, stabil zo`riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar ham bo`lgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga stabil og`ir bo`lib, mutaxassislar tomonidan o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramay o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.

 

    Boshqa yangiliklar