“Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlashga jalb qilingan tez tibbiy yordam xodimlarini qo`shimcha moddiy rag`batlantirish to`g`risida” Hukumat qarori (458-son, 30.07.2020 y) qabul qilindi.
Jahonda infeksiya tarqalishi avj olayotgan hozirgi davrda respublikamizning sog`liqni saqlash tizimida 52 mingdan ortiq tez tibbiy yordam xodimlari (vrach xodimlar, o`rta tibbiyot xodimlari va haydovchilar) ham jonbozlik ko`rsatmoqda. Qarorda fuqarolarning hayoti va sog`lig`ini muhofaza qilishga qo`shayotgan ulkan hissalari va Qurbon hayiti munosabati bilan tez tibbiy yordam xodimlariga quyidagi miqdorlarda bir martalik rag`batlantirish to`lovlari belgilandi:
- vrach xodimlarga — 5 million so`m;
- o`rta tibbiyot xodimlari (feldsherlar va sanitarlar)ga — 4 million so`m;
- haydovchilarga — 3 million so`m.
Ushbu maqsadlar uchun O`zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi javrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoniga muvofiq, respublika byudjetidan 100 mlrd so`m mablag` hamda taniqli tadbirkor vatandoshimiz A.B Usmonov tomonidan qo`shimcha ravishda 100 mlrd so`m (10 mln. AQSh dollari ekvivalentida) homiylik hayriyasi ajratildi.






