AsosiyJamiyat

O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining karantinda Qurbon hayitini nishonlash bo`yicha tavsiyalari e`lon qilindi

'O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining karantinda Qurbon hayitini nishonlash bo`yicha tavsiyalari e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi karantin sharoitida Qurbon hayitini nishonlash bo`yicha quyidagi tavsiyalarini e`lon qiladi:

O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi Islom dini manbalari, Respublika maxsus komissiyasi xulosalari va tibbiyot mutaxassislari tavsiyalariga tayangan holda 2020 yilgi pandemiya sharoitida Qurbon hayiti – Iydul adha namozini o`qish mo`min-musulmonlarning zimmasidan soqit bo`lishini ma`lum qiladi.

Qurbon hayiti kuni mo`min-musulmonlarga o`z xonadonlarida quyosh terak bo`yi ko`tarilgandan keyin to`rt rakatli nafl namozi o`qishlari tavsiya etiladi.

 Qurbon hayiti kuni imkoni bor yurtdoshlarimiz bomdod namozini o`qib, keyin qurbonlik qilishlari tavsiya etiladi. Qurbonlik go`shti uchga taqsimlanib, bir qismi – yaqin qarindoshlarga, yana bir qismi – kambag`al va muhtojlarga tarqatish, qolganini – oila ahliga olib qolish mustahabdir. Hammasini faqirlarga bersa yoki oilada ko`pchilik bo`lsa, uyda qoldirsa ham bo`ladi.

 Bu yilgi Qurbon hayiti karantin sharoitida nishonlanayotgani inobatga olib, odamlar jamlanishiga sabab bo`ladigan urf-odatlarni tashkil etmaslik, uyma-uy yurib, turli xil azaxonliklar, ma`raka-marosimlarni o`tkazmaslik va qabristonlar ziyoratidan saqlanishni so`raymiz. Xonadonda, oila-a`zolari bilan birga Qur`oni karim oyatlaridan tilovat qilib, o`tganlarimiz ruhi poklariga baxshida etishni tavsiya etamiz.

    Boshqa yangiliklar