AsosiyJamiyat

Poytaxtlik 60 yoshli bemor koronavirus oqibatida vafot etdi

'Poytaxtlik 60 yoshli bemor koronavirus oqibatida vafot etdi'ning rasmi

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashagan 60 yoshli Z.G. (erkak)da 15 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan. 18 iyul kuniga qadar bemor uy sharoitida davolangan, so`ng kasallikning klinik belgilari kuchayganligi sababli Ibn Sino nomli 1-sonli shahar klinik shifoxonasiga olib kelingan va og`ir holatda reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.

Bemorga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Kasallik o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir nafas etishmovchiligi, infeksion toksik shok asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stabil zo`riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh xastaliklar bilan ham og`rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga stabil og`ir bo`lib, mutaxassislar tomonidan o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramay o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, o`tkir respirator distress sindromdan vafot etgan.Sog`liqni saqlash vazirligi  

    Boshqa yangiliklar