AsosiyJamiyat

Tokentlik yana bir bemor vafot etdi. Unda qandli diabet va yurak xastaligi ham bo`lgan

'Tokentlik yana bir bemor vafot etdi. Unda qandli diabet va yurak xastaligi ham bo`lgan'ning rasmi

Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanida yashagan 59 yoshli Q.R. 17 iyundan Sirdaryo viloyatida xizmat safarida bo`lgan. Unda 14 iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Bemorda COVID-19 infeksiyasi o`ta og`ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniya o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir nafas etishmovchiligining 3-darajasi va poliorgan etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemorda qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, zo`riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar borligi aniqlangan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga stabil og`ir bo`lib, mutaxassislar tomonidan o`tkazilgan reanimasion choralarga qaramasdan o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, o`tkir respirator distress sindromi va poliorgan etishmovchiligidan vafot etdi.

    Boshqa yangiliklar