AsosiyJamiyat

Yangi rekord: bir kunda 743 nafar bemor sog`aydi

'Yangi rekord: bir kunda 743 nafar bemor sog`aydi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi yozishicha bugun ham yurtimizda “COVID-19”dan sog`ayganlar ko`rsatkichi bo`yicha rekor natija qayd etildi.Bir kunda 743 nafar bemor sog`aydi.

Jumladan, 441 nafari Toshkent shahridagi 17 ta shifoxonada, 152 nafari Toshkent viloyatida, 48 nafari Sirdaryo viloyatida, 33 nafari Andijon viloyatida, 16 nafari Surxondaryo viloyatida, 15 nafari Qashqadaryo viloyatida, 13 nafari Farg`ona viloyatida, yana 13 nafari Namangan viloyatida, 6 nafari Buxoro viloyatida va yana 6 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida kasallikdan forig` bo`ldi.

Eslatib o`tamiz, sog`ayganlar ko`rsatkichi bo`yicha so`nggi rekord natija kecha, 29 iyul kuni qayd etilgan bo`lib, o`shanda mamlakatimizning turli hududlarida 672 nafar bemor tuzalgandi.

Shunday qilib, yurtimizda 13 680 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog`ayish ko`rsatkichi 59 foizni tashkil qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar