AsosiyJamiyat

SSV bir kunlik rasmiy statistikani berdi: sog`ayganlar virus chiqqanlardan ko`p

'SSV bir kunlik rasmiy statistikani berdi: sog`ayganlar virus chiqqanlardan ko`p'ning rasmi

SSV ma`lumotiga ko`ra, 2020 yilning 30 iyul kuni mamlakatimizda 686 holatda kasallik qayd etilgan bo`lib, shundan 58 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 628 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 4 nafar, Buxoro viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Sirdaryo, Andijon, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan, Farg`ona hamda Buxoro viloyatlarida jami 743 nafar bemor sog`aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 23 271 nafar bemordan 13 680 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 59 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 455 nafar bemordan 436 nafari og`ir, 181 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

 Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 70 467 nafar, stasionar karantinda esa 22 789 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo`lib turibdi.

    Boshqa yangiliklar