AsosiyJamiyat

Koronavirusga chalingan 55 yoshli poytaxtlik erkak o`pka shishidan vafot etdi

'Koronavirusga chalingan 55 yoshli poytaxtlik erkak o`pka shishidan vafot etdi'ning rasmi

SSV O`zbekistonda koronavirusning navbatdagi qurboni haqida xabar qildi. 

Toshkent shahar Olmazor tumanida yashagan 55 yoshli B.Sh. (erkak) joriy yil 13 iyul kuni Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Keyinchalik ahvoli og`irlashganligi sababli reanimasiya bo`limiga o`tkazilgan.Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir nafas etishmovchiligi, sepsis, poliorgan etishmovchiligi, o`pka shishi asoratlari bilan kechgan.  

Shuningdek, qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, o`pka shishidan vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar