O`zbekistonda iste`molchilar uchun elektr energiyasi tariflari oshirilmaydi. Bu haqda «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 29 iyuldagi 5-sonli yig`ilishi qaroriga asosan 14 avgustidan e`tiboran elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va sotish bo`yicha elektrenergetika sohasi korxonalari o`rtasida yangi tariflar joriy etilishi belgilangan.
Ushbu tariflarning amaliyotga tatbiq etilishi, sohaviy muassasalar o`rtasidagi moliya-iqtisod munosabatlariga daxldor bo`lib, oqibatda elektr energiyasining iste`molchilarga etkazib berish tariflariga ta`sir ko`rsatmaydi, ya`ni narxlarning oshishiga sabab bo`lmaydi.






