Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma`lum qildi.
Navoiy viloyati hokimi Kobul Tursunov 2020 yilning 27 iyulidan buyon Toshkent shahrida davolanmoqda.
K.Tursunov o`tgan 4 kun davomida malakali tibbiyot mutaxassislari tomonidan sog`liqni saqlash vazirligi tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqilgan standartlar asosida davolash kurslarini o`tamoqda.
Navoiy viloyati hokimi to`liq davolanib, yaqin kunlarda ish faoliyatini davom ettiradi.






