AsosiyJamiyat

Toshkentda 60 yoshli ayol ham koronavirus tufayli vafot etdi

'Toshkentda 60 yoshli ayol ham koronavirus tufayli vafot etdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lumotiga ko`ra, toytaxtlik 60 yoshli M.S. (ayol) joriy yil 10–20 iyul kunlari uy sharoitida xususiy shifoxona shifokorlarining tavsiyalariga muvofiq davolangan. 21 iyul kuni esa Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli asosiy kasallik hisobiga keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.

 

    Boshqa yangiliklar