1

Kambojada 200 kishiga OIVni yuqtirgan shifokor hibsga olindi

Dunyo 03.12.2015, 14:41
Kambojada 200 kishiga OIVni yuqtirgan shifokor hibsga olindi

Kambojiyada 200 kishining OITSga chalinishiga sababchi bo`lgan shifokor 25 yilga qamaldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

55 yoshli shifokor lisenziyasiz faoliyat yuritganligi ta`kidlanmoqda. Uning jinoyati qotillik bilan tenglashtirilib, shifokor umrbod qamoq jazosiga mahkum etilishi kerak edi.  Ammo qonunning shifokor ayblanayotgan moddasi qotillikdan ixtiyorsiz ravishda qotillik sodir etishga o`zgartirildi.

“Mijozim hanuzgacha o`zining aybsiz ekanligini ta`kidlamoqda” — dedi ayblanuvchining advokati.

Shuningdek, u agar mijozi apellyasiya sudiga murojaat qilgudek bo`lsa, uning manfaatlarini himoya qilishini ham qo`shimcha qildi.

Qishloq shifokorining noqonuniy faoliyati oqibatida mamlakatning shimoliy –g`arbida joylashgan Battambang provinsiyasi aholisining aksariyat qismi OIVni yuqtirib olgan.  

Ma`lumotlarga ko`ra, shifokor bir martalik shprisni bir necha marotaba ishlatganini tan oldi, ammo mijozlariga atayin OITSni yuqtirgani haqidagi ayblovlarni inkor etmoqda.

Mahalliy hukumat vakillarining so`zlariga ko`ra, o`tgan yilning dekabr oyida aholi orasida OITS bilan kasallanish keng tarqalgan. Xavfli kasallikka chalinganlar soni 270 kishini tashkil etgan. Ulardan o`nga yaqini vafot etgan.

Shifokorning qishloq aholisi o`rtasida obro`si yuqori bo`lgan. Shuning uchun ham ko`pchilik unga ishonch bildirgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1