Facebook ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchilaridan biri “Voditeli Tashkenta” guruhiga qo`ygan rasmi qizg`in muhokamalarga sabab bo`ldi.
Rasmda neksiya haydovchisi o`z avtomobiliga ism-familiyasi va qon guruhini qayd etib qo`ygani tasvirlangan. Rasmni “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolarining keng muhokamasiga sabab bo`ldi. Ba`zilar avtomobil egasini yoqlab, yana boshqalar uni qoralab izoh qoldirdi.
Eslatib o`tamiz, bundan avval Toshkent ko`chalaridan birida miltillovchi faralar o`rniga tormoz pedali bosilganda smaylik paydo bo`ladigan avtomobil haqida ma`lumot bergan edik.





