Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva ma`lum qildi.
— Odamlar «Oldin shamollaganimda osma ukol olgandim, yana bir marta olsam, o`tib ketadi deb o`yladim» deyishadi. Kasallikning 6-7-kuniga borib, ularning ahvoli og`irlashishni boshlayapti. Tomografiyaga tushishyapti, o`pkaning jarohatlangani, suv yiqqanini ko`rishyapti. Bu davrda endi biz ambulator sharoitda yordam berolmaymiz.
Osma ukollardan keyin, kasallikning 5-6-kunida o`pka suyuqlik yig`ishni boshlayapti, o`pka shishi kelib chiqyapti. Hozirgi kunda o`layotgan bemorlarning hamma tashxisini ko`ring: o`pka shishishi! Bular o`zidan-o`zi kelib chiqmayapti. Hammasi osma ukol ta`siri.
Buyraklarimiz u suyuqlikn chiqarib tashlashga ulgurmayapti. Bu yurak qobig`ida ham suyuqlik yig`ilishiga olib kelishi, jigarni ishdan chiqarishi mumkin.
Osma ukol olishdan avval albatta shifokor bilan maslahatlashing!
Odamlar osma ukollardan voz kechsa, O`zbekistonda o`lim ko`rsatkichi kamayardi,
- deya izohladi mutaxassis.






