SSV O`zbekistonda koronavirusning navbatdagi qurboni haqida xabar berdi.
Toshkent shahri Sergeli tumanida yashagan 75 yoshli K.X. (erkak)da joriy yil 26 iyul kuni “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangan va og`ir holatda Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasi o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligi kabi asoratlar bilan kechgan.
Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli asosiy kasallik hisobiga keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.






