2020 yil 1 avgust soat 10.00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 24304 (+295) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi.
Yangi kasallanish holatlarining 191 nafari Toshkent shahrida, 53 nafari Toshkent viloyatida, 18 nafari Qashqadaryo viloyatida, 16 nafari Sirdaryo viloyatida, 13 nafari Farg`ona viloyatida hamda 4 nafar Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 14464 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (59 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 9697 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 594 nafari og`ir, 197 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






