AsosiySalomatlik

Simptomsiz bemorlar ham atrofdagilar uchun xavfli ekanligi isbotlandi

'Simptomsiz bemorlar ham  atrofdagilar uchun xavfli ekanligi isbotlandi'ning rasmi

Amerikalik olimlar COVID-19ni yuqtirgan simptomli va simptomlarsiz bemorlardagi virus miqdorini taqqoslashdi.

Unga ko`ra, koronavirus uchun sinovdan o`tgan 30 mingdan ortiq odamlarning tahlillari virusli yuk deyarli barcha bemorlar orasida bir xil taqsimyalangani ma`lum bo`lgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, ushbu yakuniy xulosaga Massachusets shtatidagi qariyalar uylarida yashovchi 32.480 bemorning sinovlari tahlili asosida kelingan. Sinovlar 2020 yil 9 apreldan 9 iyungacha o`tkazilgan.

Ushbu muassasalarda jami 2654 kishi yoki 15 foiz va 624 xodim (4,1 foiz) koronavirus tashuvchisi bo`lgan. Shu bilan birga, aholining 53,1 foizi va xodimlarning 18,2 foizi kasallikning aniq alomatlari bilan kasallanishgan, kasallik keksa odamlarning 12,7 foizida va xodimlarning 3,7 foizida esa simptomlarsiz bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar